• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

🥵Issiq kunlarda salqin taomlarga ehtiyojimiz oshadi. Bugun “Lazzat dunyosi” barchamiz sevib iste’mol qiladigan “Go‘ja” retseptini sizlarga taqdim etadi.😍

  • 4
  • 26.05.2023 13:29:00

🥵Issiq kunlarda salqin taomlarga ehtiyojimiz oshadi. Bugun “Lazzat dunyosi” barchamiz sevib iste’mol qiladigan “Go‘ja” retseptini sizlarga taqdim etadi.😍

🍚Masalliqlar:

Bug‘doy va makkajo‘xori aralashmasi 300 gr;
Suzma 200 gr;
Qatiq 1 litr;
1 bog‘ rayhon;
Ta’bga ko‘ra tuz;

🍶Tayyorlanishi:

- Bug‘doy va makkajo‘xorini yaxshilab yuvib 3 soatga olovga qo‘yamiz.
- Pishgan bug‘doy va makkajo‘xorini sovutishga qo‘yamiz.
- Suzma bilan qatiqni yaxshilab aralashtirib, sovugan bug‘doy va makkajo‘xori ustiga quyamiz, ustidan mayda qilib to‘g‘ralgan rayhonni solib, tuz qo‘shib, yaxshilab aralashtirib, muzlatkichga qo‘yamiz.

Dasturxonga tortish uchun taklif:

Go‘jamiz tayyor, suxarik bilan dasturxonga tortishingiz mumkin😋

Yoqimli ishtaha🤤

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News