Surxondaryoda kuchli yog‘ingarchilik sabab neft daryoga oqib tushdi

Surxondaryoda kuchli yog‘ingarchilik sabab neft daryoga oqib tushdi
  • 0
  • 24.04.2026 17:19:00
  • 1 daq o'qish

Surxondaryo viloyatida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida neft aralash suv daryo o‘zaniga oqib tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot kotibi Shuxrat Suyunov ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Boysun tumani Kofrun mahallasidan oqib o‘tuvchi Xangaronsay soyi bo‘yida neft saqlanadigan vaqtinchalik hovuzlar mavjud bo‘lgan. Ushbu hovuzlar burg‘ilash jarayonida yer yuzasiga chiqqan neftning soyga oqib ketishini oldini olish maqsadida Eriell Group tomonidan yil boshida tuproq dambalar orqali tashkil etilgan.
23-aprel kuni kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik sabab soyda suv sathi ko‘tarilib, dambalardan toshib o‘tgan. Natijada neft aralash suv Bandixonsoy orqali Surxondaryo daryosiga oqib tushgan.
Shu kunning o‘zida hodisa joyida dambalar qayta tiklanib, neftning suvga chiqishi to‘liq to‘xtatilgan.
Mas’ul tashkilotlar tomonidan sel va toshqin xavfi mavjud hududlarda nazorat kuchaytirilgani ma’lum qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News