
- 3
- 03.11.2023 11:36:00
Pedofiliyada ayblangan xorazmlik amaldorlar 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Bugun, 3-noyabr kuni Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati appelyatsiya instansiyasi tomonidan pedofiliyada ayblangan sobiq amaldor ishi ko‘rib chiqildi.Oybek Masharipovga va Yangiariq tuman FVV sobiq boshlig‘i Anvar Kuryazovga nisbatan 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jinoyat ishining yana bir figuranti – voyaga yetmagan qizlarni turli erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan mehribonlik uyi mudirasi 5,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Sudlanuvchilarga qo‘llanilgan “garov” tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, ular sud zalidan qamoqqa olingan.