“NURA Electric” korxonasida talabalar öqiş bilan birga işlab, maoş olmoqda

“NURA Electric” korxonasida talabalar öqiş bilan birga işlab, maoş olmoqda
  • 4
  • 09.11.2026 13:28:00
  • 1 daq o'qish


Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumaniga taşrifi davomida “NURA Electric” korxonasi faoliyati bilan tanişdi.

Korxonada muhandislik işlanmalari va dual taʼlim tizimiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, 100 nafarga yaqin muhandis-konstruktor va texnolog öz işlanmalarini işlab çiqarişga joriy etmoqda. Şuningdek, 50 nafar talaba öqiş bilan birga işlab, maoş olmoqda va kasbiy tajriba orttirmoqda.

50 mln dollarlik investitsiya hisobiga taşkil etilgan korxonada 1 500 dan ortiq turdagi elektrotexnika mahsulotlari işlab çiqariş yölga qöyilgan hamda 1 000 dan ortiq iş örni yaratilgan.

Bundan taşqari, texnika oliygohlarining 20 nafar talabasi va tadqiqotçisi Janubiy Koreyadagi elektronika korxonalarida tahsil olmoqda. Kelgusida ularning sonini 100 nafarga yetkaziş rejalaştirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News