
- 0
- 26.08.2025 15:37:00
- 1 daq o'qish
Adliya vazirligi jamoatchilik muhokamasiga yangi qonun loyihasini qo‘ydi. Unga ko‘ra, muomalaga chiqarilgan mahsulot majburiy talablarga javob bermasa va bu haqda kimdir xabar topsa, u shaxs Bozor nazorati organiga murojaat qilishga haqli bo‘ladi. Loyihada shuningdek, bunday ma’lumot bergan fuqarolarni moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish ham nazarda tutilgan. Mutasaddilar bu tashabbus iste’molchilar xavfsizligini ta’minlash va bozorda sifatsiz mahsulotlar tarqalishini kamaytirishga xizmat qilishini ta’kidlashmoqda.