Endi 10 ming obunachiga ega daromad qiluvchi blogerlar soliq to‘laydi

Endi 10 ming obunachiga ega daromad qiluvchi blogerlar soliq to‘laydi
  • 0
  • 12.05.2025 14:51:00
  • 1 daq o'qish

❗️ O‘zbekistonda blogerlar, inflyuenserlar va veb-sayt egalari faoliyatini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Qonunga ko‘ra, 10 mingdan ortiq obunachiga ega bloger reklama orqali daromad qilganda Soliq kodeksiga muvofiq soliqlarni to‘lashi shart. 
Bloger va platforma egalari kontent to‘g‘riligini tekshirish, yolg‘on axborot tarqatmaslik, noqonuniy materiallarni o‘chirish, foydalanuvchi huquqlarini hurmat qilish kabi majburiyatlarga ega bo‘ladi. Ushbu qonunning maqsadi O‘zbekiston hududida faoliyat ko‘rsatuvchi onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
Bundan tashqari, vakolatli organ bilan tizimli ravishda hamkorlik qilmay kelgan onlayn-platformalarga O‘zbekiston hududida kirish tezligini sud qarori asosida pasaytirish ko‘zda tutilmoqda. Bunda butunlay bloklash amaliyotidan voz kechiladi.
Muhokama 2025-yil 27-mayga qadar davom etadi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News