Shimoliy Koreya yangi turdagi raketa uchirdi

Shimoliy Koreya yangi turdagi raketa uchirdi
  • 7
  • 02.07.2024 14:53:00
  • 1 daq o'qish

Shimoliy Koreya 1-iyul kuni yangi “Xvasongpo-11da-4,5” taktik ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi. Ushbu turdagi raketa og‘irligi 4,5 tonna bo‘lgan o‘ta yirik kallakka mo‘ljallangan.
Raketaning parvoz barqarorligi va zarbalar aniqligini tekshirish uchun minimal va maksimal masofada uchirildi.

Shimoliy Koreya raketalarni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News