
- 14
- 28.08.2024 16:21:00
Ko‘chmanchilar o‘yinlari-2026 O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi🏇
O‘zbekiston 2026-yilda VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlariga mezbonlik qiladi. 2024-yilgi musobaqalar 8-14-sentabr kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tadi. Ilgari Ko‘chmanchilar o‘yinlari Qirg‘izistonda uch marta va Turkiyada bir marta bo‘lib o‘tgan. Tadbir har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Ko‘chmanchilar o‘yinlarida ot poygasi, kamondan o‘q otish, erkin kurash va ko‘pkari kabi o‘ttizga yaqin an’anaviy sport turlarida bellashuvlar bo‘ladi.
O‘zbekiston terma jamoasi 2014-yildan buyon har bir musobaqada ishtirok etib, shu paytgacha 50 dan ortiq medalni qo‘lga kiritgan.