
- 3
- 03.12.2025 16:28:00
- 1 daq o'qish
Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov parlamentda avvalgi yillarda davlat byudjeti profitsit bilan ijro qilinishi sabablari haqida gapirdi. Uning aytishicha, profitsitning asosiy sababi shuki, byudjet taqchilligini moliyalashtirish uchun hech kim kredit bermagan. O‘sha paytda islohotlar yo‘q, so‘m erkin konvertatsiya qilinmasdi va soliq siyosati rivojlanmagan. Qo‘chqorov shuningdek, byudjet taqchilligi 3% atrofida bo‘lsa, bu normal hisoblanishini va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun xizmat qilishini, qarz olinsa ham iqtisodiyot o‘smasa, bu noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi. Taqchillik davlat qarzining me’yoriy oshishini ta’minlaydi va defolt yoki bankrotlik xavfini kamaytiradi.