Nikol Pashinyan yana Armaniston Bosh vaziri etib tayinlandi

Nikol Pashinyan yana Armaniston Bosh vaziri etib tayinlandi
  • 0
  • 03.08.2026 17:02:00
  • 1 daq o'qish

Armaniston Prezidenti Vaagn Xachaturyan 2-avgust kuni Nikol Pashinyanni mamlakat Bosh vaziri etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Shu tariqa u yangi chaqiriq hukumatiga yana rahbarlik qiladi.
Pashinyan nomzodi parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Bungacha u yangi chaqiriq parlamenti ish boshlagani munosabati bilan hukumat Konstitutsiya talabiga muvofiq iste’foga chiqqanini ma’lum qilgan edi. Prezident hukumat iste’fosini qabul qilgach, parlament ko‘pchiligi uni yana Bosh vazir lavozimiga tavsiya qildi.
Armaniston Konstitutsiyasiga ko‘ra, yangi chaqiriq Milliy majlisning birinchi yig‘ilishi o‘tkazilgan kuni hukumat o‘z vakolatlarini topshiradi. Shundan so‘ng Prezident parlamentdagi ko‘pchilik ilgari surgan nomzodni Bosh vazir etib tayinlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Armanistonda parlament saylovlari 2026-yil 7-iyun kuni bo‘lib o‘tgan. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Nikol Pashinyan boshchiligidagi «Fuqarolik shartnomasi» partiyasi 49,7 % (726 819 ovoz) bilan g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, «Kuchli Armaniston» bloki 23,2 % (340 060 ovoz), «Armaniston» bloki esa 9,9 % (144 983 ovoz) to‘plab, parlamentdan o‘rin olgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News