Nyu-York tarixida ilk bor musulmon mer saylandi

Nyu-York tarixida ilk bor musulmon mer saylandi
  • 3
  • 05.11.2025 09:58:00
  • 1 daq o'qish

Nyu-York shahrida o‘tgan saylovlarda 34 yoshli Zohran Mamdani g‘alaba qozonib, shahar tarixidagi birinchi musulmon merga aylandi.
Dastlabki natijalarga ko‘ra, byulletenlarning 38 foizi hisoblanganda, Mamdani 49,7 foiz ovoz to‘plagan. Mustaqil nomzod — sobiq gubernator Endryu Kuomo 41,6 foiz, respublikachi Kyortis Sliva esa 8,1 foiz ovoz olgan.
Shu tariqa, Zohran Mamdani Nyu-York siyosiy tarixida yangi sahifa ochdi. Tramp 3-noyabr kungi bayonotida agar Zohran Mamdami mer boʻlsa, Nyu Yorkni moliyalashtirishni qisqartirish bilan tahdid qilgandi.

Zohran Mamdani — 1991-yilda Ugandada tug‘ilgan. U bolaligida oilasi bilan AQSHga ko‘chib kelgan va Nyu-Yorkda ulg‘aygan. 2021-yildan boshlab Nyu-York shtati assambleyasi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News