
- 1
- 17.05.2023 13:52:00
⚡️ Yugurish bo‘yicha yangi jahon rekordi
Yengil atletikada uzoq masofalarga yugurish boʻyicha bir qator yoʻnalishlar boʻlib, ularda jahon rekordlari yuritib boriladi. Litvada oʻtgan Nord Security Worldʻs Fastest Run musobaqasida 100 kmga yugurish dasturida yangi jahon rekordi qayd etildi. Ushbu rekordga litvalik Aleksandr Sorokin mualliflik qildi. Sportchi masofani 6 soat, 5 daqiqayu 35 soniyada bosib oʻtdi. Poyga Litva poytaxtida 19 daraja iliq havoda oʻtkazilgan.