
- 0
- 28.01.2026 16:32:00
- 1 daq o'qish
Prezident qarori bilan Ichki ishlar vazirining yangi o‘rinbosarlari quyidagilar: 🔹 Botir Qudratxo‘jayev — avval Favqulodda vaziyatlar vaziri, endi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Tezkor qidiruv departamenti boshlig‘i; 🔹 Diyorbek Sattorov — avval Prezident Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi departamenti sho‘ba mudiri, endi Ichki ishlar Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i; 🔹 Rustam Mirzayev — avval Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, endi Ichki ishlar vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari; 🔹 Rustam Jo‘rayev — avval Milliy gvardiya qo‘mondoni, endi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i; Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIVning ikki sobiq o‘rinbosari 186 mlrd so‘m mablag‘ni o‘zlashtirgani uchun qamoqqa olingandi