
- 2
- 05.09.2026 14:48:00
- 1 daq o'qish
Alisher Baxadirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi etib tayinlandi.
Tayinlov Prezidentning tegishli farmoni bilan amalga oshirildi. Shu munosabat bilan Samadov Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Ma’lumot uchun, Alisher Samadov 2025-yil iyul oyida Prezident Administratsiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari etib tayinlangan edi. Bungacha u Prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Bundan avvalroq uning nomzodi Oliy Majlis Senati tomonidan Hisob palatasi raisi lavozimiga ma’qullangan edi.