
- 0
- 16.03.2026 14:30:00
- 1 daq o'qish
So‘nggi kunlarda Binyamin Netanyaxuning Eronning javob hujumlari vaqtida halok bo‘lgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Bunga Netanyaxuning yaqinda e’lon qilingan videosi sabab bo‘lgan edi. Videoda uning qo‘l barmoqlari 6 ta bo‘lib qolishi bilan bu dipfeyk ekani ma’lum bo‘lib, Netanyaxu allaqachon o‘lgani haqida shubhalar uyg‘otgandi. Biroq Isroil bosh vaziri bu mish-mishlarga javoban video murojaat e’lon qildi. Unda u tirik ekanini ko‘rsatib, o‘limi haqidagi xabarlar asossiz ekanini bildirdi.