
- 5
- 10.08.2023 10:45:00
“Muzdekkina okroshka”
Yozning jazirama issiq kunlarida sizga chanqoqbosdi “Muzdekkina okroshka” retseptini taqdim etamiz.
🥕Kerakli massaliqlar:
400 gramm mol go‘shti;
4 ta tuxum;
4 ta bodring;
2 ta kartoshka;
2 ta qizil sabzi;
1 bog‘ kashnich tuz;
🥣Tayyorlanishi:
- Go‘shtni suvga tuz solib qaynatib olamiz. Pishgandan so‘ng suvini to‘kib tashlamang.
- Tuxum, kartoshka va sabzini boshqa idishda qaynatamiz.
- Barcha masalliqlarni, mayda to‘rtburchak shaklida to‘g‘rab olamiz.
- Kashnichni ham mayda qilib to‘g‘rab, masalliqlarimizni hammasini tog‘oraga solib, ustidan go‘sht qaynagan sho‘rvani, 1litr qatiq bilan yaxshilab aralashtiramiz.
Yoqimli ishtaha😋




