Samarqandda hujjati bekor qilingan ko‘p qavatli uylar sotilmoqda

Samarqandda hujjati bekor qilingan ko‘p qavatli uylar sotilmoqda
  • 3
  • 10.11.2025 11:02:00
  • 1 daq o'qish

Samarqand viloyatida hujjatlari bekor qilingan “Yangi maskan” turar joy majmuasi va Vostok Product City MCHJga qarashli 16 ta ko‘p qavatli uy ijtimoiy tarmoqlarda sotuvga chiqmoqda. Viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xaridorlarni ogohlikka chaqirmoqda. Ushbu obyektlarning shaharsozlik hujjatlari bekor qilingan, mahalla fuqarolar yig‘ini norozilik bildirgan va masala sud orqali hal qilingan.
Mas’ullar fuqarolarga QR-kodli elektron pasport orqali obyektning qonuniyligini tekshirishni tavsiya qilmoqda. Qonuniy hujjatsiz reklamalarga ishonish turli sarsongarchiliklarga olib kelishi mumkin. Reklama qilganlar hujjatlarni tekshirib, keyin e’lon berishlarini bildirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News