
- 3
- 28.08.2023 07:50:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, Muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazarov Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi tomonidan “Ыntыmak” (Birdamlik) medali bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xabar berdi.Mukofot 27-avgust kuni Bishkek shahridagi xalqaro tadbirda topshirilgan. Tadbirda so‘nggi yillarda O‘zbekiston zaminida Islom dini maʼrifatini keng yoyish, mo‘min-musulmonlar ehtiyojini taʼminlash, masjid-madrasalarni obod etish va ulug‘ allomalar merosiga ehtirom ko‘rsatish yuqori baholangan. Shuningdek, mintaqada tinchlik-osoyishtalikni taʼminlash va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini shakllantirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar e‘tirof etilgan.“O‘zbekiston tomoni ham Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Zamir qori Rakiyev hazratlariga munosib hadyalarni tuhfa etgan”, — deyiladi! Musulmonlar idorasi xabarida.