• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Marokashda zilzila qurbonlari soni 2 mingdan oshdi, 3 kunlik motam e'lon qilindi

Marokashda zilzila qurbonlari soni 2 mingdan oshdi, 3 kunlik motam e'lon qilindi
  • 3
  • 10.09.2023 16:10:00

Marokashda zilzila qurbonlari soni 2 mingdan oshdi, 3 kunlik motam e'lon qilindi

Marokashda 9-sentabr kuni yuz bergan 6,8 magnitudali kuchli zilzila qurbonlari soni 2000 kishidan oshdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, 1400 dan ortiq odam og‘ir jarohatlangan, eng og‘ir talafotlar Marrakesh janubidagi viloyatlarda qayd etilgan.

Morocco earthquake kills more than 2,000, devastates historic sites: Live  updates

Qirol Muhammad VI uch kunlik milliy motam e’lon qildi va omon qolganlarga boshpana, oziq-ovqat va boshqa yordam ko‘rsatishni buyurdi.

“O‘lganlar soni 2012 kishiga ko‘paydi, 2059 kishi jarohat oldi, ulardan 1404 nafari og‘ir jarohat oldi”, — deyiladi xabarda.

Foto: Getty Images

Ko‘p odamlar ikkinchi tunni ochiq havoda o‘tkazgan. Jahon banki Marokashdagi zilzila qurbonlariga har tomonlama yordam ko‘rsatishga va’da berdi.

Marokashdagi zilzila

9-sentabr kuni kechqurun Marrakesh va ko‘plab shaharlarda 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Olis tog‘li hududlarda butun qishloqlar vayron bo‘lgani xabar qilingan.

Zilzila episentri Butunjahon merosi maqomiga ega va sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Marrakesh shahridan 71 kilometr (44 milya) janubi-g‘arbda joylashgan Yuqori Atlas tog‘larida joylashgan.

Foto: AFP

Ammo yer silkinishlari poytaxt Rabotda, taxminan, 350 kilometr uzoqlikda, shuningdek, Kasablanka, Agadir va Es-Suveyrda ham sezilgan.

Foto: AP Photo

O‘zbekiston prezidenti zilzila qurbonlariga ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Marokash hududida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan Marokash podshohi Muhammad VI ga taʼziya yo‘lladi. 

Davlat rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Manba: Daryo.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News