
- 0
- 05.03.2026 08:08:00
- 1 daq o'qish
Yaqin Sharqda harbiy keskinlik kuchayishi ortidan 5 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
28-fevraldan boshlab qator davlatlar havo hududi yopilgani sabab Dubay, Sharja, Madina, Doha, Jidda, Tel-Aviv, Tehron va Kuvayt yo‘nalishlaridagi reyslar bekor qilingan. 28-fevral — 2-mart kunlari 1 681 nafar fuqaro parvoz qila olmagan.
Prezident topshirig‘i asosida maxsus shtab tashkil etilib, rezident va xorijiy aviakompaniyalar bilan hamkorlikda maxsus reyslar yo‘lga qo‘yildi. Hozirgacha Madina va Jiddadan 21 ta reys orqali 4 948 nafar, shuningdek, Dubaydan 235 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi.
Transport vazirligi fuqarolardan ma’lumotlarni faqat aviakompaniyalarning rasmiy manbalari orqali aniqlashtirishni va noma’lum vositachilarga murojaat qilmaslikni so‘radi.