Andijonning Bobur shahrida “Zahiriddin Muhammad Bobur” haykali o‘rnatiladi

Andijonning Bobur shahrida “Zahiriddin Muhammad Bobur” haykali o‘rnatiladi
  • 0
  • 21.05.2026 10:42:00
  • 1 daq o'qish

Prezident turli sohalardagi bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda Andijon viloyatining Bobur shahrida barpo etilishi rejalashtirilayotgan me’moriy ansambl tarkibida buyuk davlat arbobi va shoir Zahiriddin Muhammad Boburga bag‘ishlangan muhtasham haykal loyihasi ko‘rib chiqildi. Ushbu yodgorlik buyuk ajdod xotirasini munosib ulug‘lash, uning boy ilmiy-adabiy merosi, davlatchilik tafakkuri hamda jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini yosh avlodga yetkazish maqsadida yaratilmoqda. Prezidentga haykal eskizlari, kompozitsion yechimi va Bobur siymosini aks ettirish bo‘yicha ilmiy-badiiy yondashuvlar haqida axborot berildi.

Qayd etilishicha, haykal loyihasini tayyorlashda tarixiy shaxs obrazi mahalliy va xorijiy olimlar hamkorligida olib borilgan tadqiqotlar, tarixiy manbalar, qo‘lyozmalar, miniatyuralar hamda madaniy meros namunalari chuqur o‘rganilgan.

Taqdimot davomida Prezident Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, Buxoro shahrida turizm va transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda tumanlardagi madaniyat uylarini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar bilan ham tanishdi. Shavkat Mirziyoyev yig֥‘ilish yakunida loyihalarni yanada takomillashtirish va ilg‘or tajriba asosida puxta ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News