- 7
- 18.04.2024 13:55:00
Mo‘g‘ulcha taom
🌜Ramazon oyi bilan barchangizni yana bir bor tabriklaymiz va iftorlik uchun ajoyib ta’mga ega Mo‘g‘ulcha taom retseptini sizlarga taqdim etamiz.
🥩Masalliqlar:
Go‘sht 300 gr;
Piyoz 2 dona;
Un 500 gr;
Pomidor 1 dona;
Sut 200 gr;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Ishimizni un va sutdan xamir tayyorlab olishdan boshlaymiz.
Go‘sht va piyozni to‘g‘rab qovurib olamiz va suv solib qaynatamiz.
Xamirni yoyib to‘rtburchak shaklida kesib tovada qizartirib olamiz va somoncha qilib kesib olib, qozonga solib, ustini yopib dimlab qo‘yamiz.
Yoqimli ishtaha😋