Gulistondagi bozor oshxonasida sodir bo‘lgan portlash onlari

Gulistondagi bozor oshxonasida sodir bo‘lgan portlash onlari
  • 4
  • 03.12.2025 10:13:00
  • 1 daq o'qish

Kecha, 2-dekabr kuni Guliston shahar “Taraqqiyot” MFYda joylashgan bozordagi ovqatlanish shoxobchasida gaz portlab, yong‘in kelib chiqqandi. Ijtimoiy tarmoqlarda portlash aks etgan video tarqaldi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyat filialiga yetkazilgan. Vafot etganlar yo‘q. Jabrlanganlar soniga aniqlik kiritilmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News