
- 0
- 24.03.2026 20:46:00
- 1 daq o'qish
Isroilning Ynet nashri xabariga ko‘ra, Eron oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy AQSH bilan muzokaralarni ma’qullagan. Manbalarga ko‘ra, Eron TIV rahbari Abbos Aroqchi AQSH maxsus vakili Stiv Uitkoffga bu qaror haqida ma’lum qilgan.
Xabarda aytilishicha, Xomanaiy Eron shartlari bajarilgan taqdirda urushni tezroq yakunlash tarafdori. Shu bilan birga, AQSH prezidenti Donald Tramp Eron energetika obyektlariga zarbalarni vaqtincha to‘xtatganini bildirgan va muzokaralar davom etishini aytgan.
Biroq Eron rasmiy OAVlari AQSH bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borilayotganini inkor etmoqda.