Möğuliston prezidenti lavozimini tark etgan Uxnaagiyn Xurelsux tantanali ravişda kuzatib qöyildi

Möğuliston prezidenti lavozimini tark etgan Uxnaagiyn Xurelsux tantanali ravişda kuzatib qöyildi
  • 4
  • 20.11.2026 15:50:00
  • 1 daq o'qish

Möğuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 20-noyabr kuni poytaxt Ulan-Batorda tantanali marosim bilan kuzatib qöyildi.

Marosimda mamlakat boş vaziri Nyam-Osorin Uçral va parlament raisi Sandagiyn Byambasogt iştirok etdi. Xurelsux faxriy qorovul hamrohligida kuzatib qöyildi.

Eslatib ötamiz, Xurelsux korrupsiya mojarosi ortidan iste’foga çiqişini e’lon qilgan. Unga Tavantolgöy–Gaşuunsuxayt temiryöl loyihasi bilan boğliq 25 million dollar pora oliş ayblovi qöyilgan. Xurelsux esa bu ayblovlarni rad etgan. 19-noyabr kuni parlament uning iste’fosini 96 ovoz bilan ma’qullagan.

Uxnaagiyn Xurelsux 2021-yil 25-iyundan buyon Möğulistonni boşqarib kelayotgan edi.

Konstitutsiyaga muvofiq, yangi prezident saylangunga qadar parlament raisi Sandagiyn Byambasogt prezident vakolatlarini vaqtinça bajarib turadi.

#casia #news #Möğuliston

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News