
- 4
- 21.10.2026 11:23:00
- 1 daq o'qish
Misrda sayyohlarni olib ketayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda 13 kishi halok bo‘ldi, 34 kishi jarohatlandi.
Hodisa Qohira–Asyut g‘arbiy cho‘l avtomobil yo‘lida yuz bergan. To‘qnashuv oqibatida avtobusning old qismi butunlay uzilib ketgan.
Voqea joyiga 28 ta tez yordam mashinasi yuborilgan, jarohatlanganlar shifoxonaga olib ketilgan. Halokat sabablari yuzasidan tergov olib borilmoqda.