Buxoroda voyaga yetmagan “ko‘cha”lar ushlandi

Buxoroda voyaga yetmagan “ko‘cha”lar ushlandi
  • 0
  • 18.05.2026 18:16:00
  • 1 daq o'qish

Buxoro shahrida voyaga yetmaganlardan iborat guruhning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV axborot xizmati ma’lum қилди.
Ma’lumotga ko‘ra, yoshlar ijtimoiy tarmoqlardagi tortishuvdan so‘ng masalani “hal qilish” uchun Samarqand ko‘chasida uchrashgan. Shu yerda 10–15 kishilik guruh jabrlanuvchilarga hujum qilib, ularni do‘pposlagan hamda Nexia avtomobiliga zarar yetkazgan.
Shuningdek, ayrim gumonlanuvchilar kastetga o‘xshash sovuq qurollardan foydalangani aniqlangan.
Holat yuzasidan jami 13 nafar gumonlanuvchi aniqlanib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining bezorilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News