
- 0
- 13.03.2026 10:57:00
- 1 daq o'qish
Toshkent viloyati Bekobod shahrida voyaga yetmaganlar o‘rtasida yuzaga kelgan janjal oqibatida 11-sinf o‘quvchisi pichoqlab o‘ldirildi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.
Hodisa 5-mart kuni sodir bo‘lgan. Og‘zaki tortishuv vaqtida voyaga yetmaganlardan biri oshxona pichog‘i bilan jabrlanuvchining ko‘krak qismiga jarohat yetkazgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Voyaga yetmagan gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan, tergov harakatlari davom etmoqda.