- 4
- 18.08.2023 12:07:00
🏛Ming O‘rik muzeyi
📸Hozirgi kunda yosh kelin-kuyovlarimizga milliy uslubda fotosessiya qilishlari uchun trendga aylangan ushbu muzey — Toshkentning eng qadimiy muzeylaridan biri. Ming O‘rik hududi miloddan avvalgi IV asrdan beri mavjud. Bu hududda joylashgan muzey davlat himoyasida bo‘lib, Toshkent tarixini o‘rganish uchun qiziqarli obyekt hisoblanadi.
👬Sayohatchilar haftaning 6 kuni davomida muzeyga sayohat qilishlari mumkin.
Siz Ming O‘rik muzeyiga tashrif buyurganmisiz? Taassurotlaringizni yozib qoldiring.✍️