
- 5
- 14.04.2023 10:50:00
Mikelanjelo Buonarotti — me’morchilikka baxshida umr
Mikelanjelo Uyg‘onish davrining eng ko‘zga ko‘ringan me’morlaridan biridir. Mikelanjelo me’morchilikda “Barokko” uslubining otasi hisoblanadi. U yaratgan asarlarini tomosha qilgan har qanday inson ularning go‘zalligidan zavqlanadi. Bugun sizlarga betakror me‘mor hayoti va ijodiga doir bir nechta qiziqarli faktlarni havola etamiz.
• Me’mor qashshoq zodagonlar oilasida tug‘iladi, oila Mikelanjeloni boshqa oilaga boqish uchun berib yuborishadi;
• Mikelanjelo ijodi davomida 9 ta papa uchun betakror asarlar yaratgan;
• Buonarotti nafaqat me’mor, rassom va sheriyat bilan ham shug‘ullangan;
• Rim Papasi buyurtmasiga asosan “Sikstin Madonnasi”ni 4 yil davomida yaratgan ammo ushbu asarni yaratish davomida birorta eskizdan foydalanmagan. Barcha tasvirlarni hayolan yaratgan;
• San’at tarixidagi eng mukammal hisoblangan “David” haykalini yaratgan.








