Metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazildi

Metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazildi
  • 0
  • 30.12.2025 08:02:00
  • 1 daq o'qish

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 30-dekabrdan boshlab O‘zbekistondagi barcha metan gaz quyish shoxobchalari sutka davomida uzluksiz ishlaydi. Zapravkalar soat 09:00 dan faoliyatini boshlab, kunu tun xizmat ko‘rsatadi.
Yangi tartib haydovchilar uchun qulaylik yaratib, istalgan vaqtda navbatsiz yoqilg‘i quyish imkonini beradi. 
Avvalroq aholi xonadonlari va ijtimoiy obyektlarda gaz bosimi pasaymasligi uchun zapravkalar ish vaqti vaqtincha cheklangani ma’lum qilingan edi. Keyinchalik bu cheklovlar qisman bekor qilinib, shoxobchalar 10:00 dan 16:00 gacha cheklovsiz ishlashi bildirilgandi. Qaror transport tizimi barqarorligini ta’minlash va haydovchilar uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News