- 13
- 17.02.2025 09:38:00
Ruhiy kasal ayol maktab o‘quvchisini olib ketishga urindi
Toshkentda ruhiy nosog‘lom ayol maktab o‘quvchisini olib ketishga urindi. Holat 10-fevral kuni Bektemir tumani, Bilol Nozim ko‘chasida joylashgan bekat oldida sodir bo‘lgan. 1990-yilda tug‘ilgan, muntazam ravishda ruhiy-asab kasalliklari dispanserida davolanib turuvchi ayol o‘ziga begona bo‘lgan maktab o‘quvchisini oldiga kelib muloqotga kirishgan va mahalla fuqarolarini ko‘rib, ketib qolgan. Ayol qo‘lga olingan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.





