- 0
- 12.06.2023 13:41:00
⛲️“Shahidlar xotirasi” xiyoboni
Poytaxtimizda 2002-yilda bunyod etilgan ushbu me’moriy yodgorlik majmuasi Vatanimiz ozodligi uchun kurashda jon fido qilgan vatandoshlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan. Shahar markazida joylashgan xiyobonga oilaviy yoki do‘stlar davrasida tashrif buyurishingiz mumkin. Quyosh botgandan so‘ng bog‘ rang-barang chiroqlar va favvoralar bilan yanada go‘zal tusga kiradi.