• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Kotletli taom🤩🍷

Kotletli taom🤩🍷
  • 2
  • 10.08.2026 09:02:00

Kotletli taom🤩🍷

Masalliqlar:
4 dona kartoshka
4 osh qoshiq zaytun yog‘i
1 choy qoshiq maydalangan qizil qalampir
biroz qora murch va tuz

Kotlet uchun:
500 gr mol go‘shti qiymasi
1 dona piyoz
1 dona sarimsoq
1 dona tuxum
1 choy stakan non talqoni
1 choy qoshiqdan qora murch, zira va maydalangan qizil qalampir, Petrushka va

Sousi uchun:
1 osh qoshiq sariyog‘
1 osh qoshiq tomat pastasi
1,5 stakan suv
biroz tuz

Tayyorlanishi:
Avval kotlet uchun barcha masalliqlarni bir idishga solib, yaxshilab aralashtiring. Tayyor bo‘lgan qiymani kamida 30 daqiqa muzlatkichda dam oldiring.
Kartoshkalarni o‘rtacha qalinlikda to‘g‘rab, pech patnisiga tering. Ustidan zaytun yog‘i, maydalangan qizil qalampir, qora murch va tuz sepib, yaxshilab aralashtiring. Kartoshkalarni oldindan 200°C gacha qizdirilgan pechga qo‘yib, 20 daqiqa pishiring. So‘ng, patnisni pechdan olib, kartoshkalar ustiga tayyorlangan kotletlarni joylashtiring. Istakka ko‘ra, orasiga pomidor va bulg‘or qalampiri bo‘laklarini ham qo‘yishingiz mumkin. Sous tayyorlash uchun sariyog‘ni eritib, tomat pastasi bilan birga qovuring. Ustiga suv va tuz qo‘shib, biroz qaynatib oling. Tayyor sousni patnisdagi kartoshka va kotletlar ustidan bir tekislikda quying.
Yog‘li qog‘ozni namlab, ortiqcha suvini siqib oling va patnis ustini yoping. Taomni yana 200°C da taxminan 30 daqiqa pishiring.

Yoqimli ishtaha🥰😘
 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News