
- 8
- 07.03.2023 09:39:00
Mbappe Instagramda 100 million obunachiga ega bo‘lgan ilk fransuzga aylandi
PSJ klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening Instagram tarmog‘ida obunachilari soni 100 millionga yetdi.
Mbappe bu ko‘rsatkichga erishgan shaxslar orasida o‘ttizinchi, sportchilar ichida esa oltinchisi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Instagramda obunachilari soni 100 milliondan oshgan sportchilar ro‘yxatida hozirgacha faqatgina futbolchilar Ronaldu (556 million), Messi (437 million), Neymar (205 million), hind kriketchisi Virat Kohli (239 million) va basketbolchi LeBron Jeyms (147 million) bor edi.





