
- 2
- 19.12.2022 14:07:00
Mastava
O’zimizning milliy taomlarimizdan biri bo’lgan mastava juda to’yimli va juda lazzatlidir. Mastava sabzi, piyoz, guruch va boshqa masalliqlardan tayyorlanadi. Masalligʻi va tayyorlash usuliga koʻra, qaynatma mastava, qovurma mastava, qiymali mastava kabi turlari bor. Mastava kosalarga suziladi, Kashnich va murch sepib dasturxonga tortiladi. Alohida idishda qatiq beriladi.