AQSHda Tramp siyosatiga qarshi ommaviy namoyishlar boshlandi

AQSHda Tramp siyosatiga qarshi ommaviy namoyishlar boshlandi
  • 0
  • 30.03.2026 18:31:00
  • 1 daq o'qish

AQSHning bir nechta shaharlarida prezident Donald Tramp ma’muriyati siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlari boshlandi. “No Kings” (“Qirollarga o‘rin yo‘q”) shiori ostida o‘tayotgan aksiyalar barcha 50 shtatda 3200 dan ortiq tadbirni qamrab olishi kutilmoqda. 
Namoyishchilar Tramp siyosatini tanqid qilib, urushni to‘xtatish, demokratiyani himoya qilish, migrantlar huquqlarini ta’minlash va immigratsiya siyosatini qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. Ayrimlar AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati xizmatini tugatish shiorlarini ham ilgari surgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News