
- 3
- 01.12.2025 17:17:00
- 1 daq o'qish
Boliviya Kubogi chorak finalining javob uchrashuvida “Real Oruro” va “Blooming” jamoalari o‘rtasida o‘yin yakunlangach katta janjal yuz berdi. 2:2 hisobida tugagan uchrashuvda “Real Oruro” futbolchilari va murabbiyi raqib jamoa o‘yinchilari bilan tortishgan. Mojaroni to‘xtatish uchun 20 nafar politsiyachi jalb etilgan va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llangan. Janjal vaqtida “Real Oruro” bosh murabbiyi yelkasidan jarohat olgan. Hozircha diskvalifikatsiya muddati belgilanmagan. Hakamlar hisobotlari asosida jazo 3–6 o‘yin oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda. Mojaroni ajratishga harakat qilgan futbolchilar esa jazolanmasligi mumkin.