• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

MYu’ning APLdagi 92 yillik antirekordi yangilandi

MYu’ning APLdagi 92 yillik antirekordi yangilandi
  • 8
  • 06.03.2023 13:04:00

MYu’ning APLdagi 92 yillik antirekordi yangilandi

Angliya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda “Liverpul” o‘z maydonida “Manchester Yunayted” darvozasiga javobsiz 7 ta to‘p kiritdi.

Gakpo, Nunyes va Saloh dublga erishgan bo‘lsa, Firmino ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Klopp jamoasi ochkolarini 42 taga yetkazib, “Nyukasl”ni ortda qoldirgan holda 5-o‘ringa chiqib oldi. MYu 49 ochko bilan 3-pog‘onada qoldi. 

Ushbu o‘yinda bir qator e’tiborga molik statistikalar qayd etildi. Jumladan, MYu 1931-yildan so‘ng ilk bor 7 ta to‘p o‘tkazib yubordi. “Manchester Yunayted”ning 11 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasi barham topdi. 0:7 — ten Hagning 481 o‘yinlik murabbiylik faoliyatidagi eng yirik mag‘lubiyati sifatida qayd etildi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda APL turnir jadvalida “Arsenal” 63 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Londonliklarning chempionlik yo‘lidagi asosiy raqobatchisi “Manchester Siti” 5 ochko farq bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News