
- 1
- 29.11.2024 15:42:00
3 yashar bolani vahshiylarcha o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi
9-iyul kuni Toshkent shahrining Yashnabod tumanida 31 yoshli erkak giyohvandlik vositalari ta’sirida o‘zi bilan birga yashagan ayolning oldingi turmushidan bo‘lgan uch yashar og‘lini pichoq bilan vahshiylarcha o‘ldirgandi. Erkakka nisbatan sud hukmi o‘qilib, 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoning dastlabki 4 yilini turmaga qamash tariqasida va qolgan qismini qattiq tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.
Sudlanuvchi “O‘sha kuni “glyuk”da bo‘lganman. Voqeani eslay olmayman. Ko‘p kayf qilib yuborganman”,degandi. Sud ekspertizasi esa uni aqli raso va ruhiy sog‘lom ekanini tasdiqladi.