Turkiyada erkak o‘zini payg‘ambar deb e’lon qildi

Turkiyada erkak o‘zini payg‘ambar deb e’lon qildi
  • 0
  • 06.04.2026 18:21:00
  • 1 daq o'qish

Turkiyaning Karabuk shahrida yashovchi 61 yoshli erkak o‘zini “Iso Masih” deb e’lon qildi. U uyining tomi va panjaralariga “Masih”, “Payg‘ambar” va boshqa yozuvlarni yozib chiqqan. Qo‘shnilarning shikoyatidan so‘ng voqea joyiga politsiya va nazorat xodimlari yetib kelib, yozuvlarni o‘chirishni talab qilgan. Erkak o‘z bayonotida bu da’vosini yillar davomida aytib kelayotganini va “vahiy” olganini bildirgan.
“Yolg‘on Masihlarni chiqarib, meni yomonlashmoqchi bo‘lishdi. Bu ish hazil emas. Qayerga chaqirsangiz, borishga tayyorman. Alloh menga vahiy yubordi”, degan u.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News