
- 0
- 03.04.2025 15:54:00
- 1 daq o'qish
Chirchiqda 32 yoshli erkak do‘kon egasi tomonidan kaltaklanib vafot etdi. 5-mart kuni marhum spirtli ichimliklar do‘koniga borganida do‘kon egasi ishini tugatib, uyiga qaytayotgan bo‘lgan va unga spirtli ichimlik bergamagan. Shundan so‘ng ular o‘rtasida janjal kelib chiqib, do‘kon egasi erkakning bosh va yuz qismlariga bir necha bor urgan. Erkak olgan tan jarohatlari oqibatida 6-mart kuni shifoxonada vafot etgan.
Marhumning onasi esa o‘g‘li ayolni himoya qilishga uringani uchun kaltaklanganini ta’kidlagan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, do‘kon egasi qo‘lga olingan.