
- 0
- 27.07.2026 12:37:00
- 1 daq o'qish
Fransiya va Ispaniyada davom etayotgan yirik o‘rmon yong‘inlari oqibatida 300 mingga yaqin evakuatsiya qilindi.
Fransiyada 22-iyuldan buyon Jironda va Landes hududlarida yong‘inlar davom etmoqda. 200 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi. Yong‘in 35,3 ming gektardan ortiq maydonni qamrab oldi. Vaziyatni jilovlash uchun 1 ming harbiy va A400M harbiy transport samolyoti jalb etildi.
Ispaniyada esa yong‘inlar 45 ming gektar maydonga zarar yetkazdi va 88 mingdan ortiq odamga ta’sir ko‘rsatdi. O‘t o‘chiruvchilar Madrid g‘arbidagi ikki yong‘inning bir-biriga qo‘shilib ketishining oldini olishga harakat qilmoqda.