Rossiyada o‘quv mashg‘uloti vaqtida pulemyot nazoratdan chiqib ketdi

Rossiyada o‘quv mashg‘uloti vaqtida pulemyot nazoratdan chiqib ketdi
  • 0
  • 13.07.2026 17:28:00
  • 1 daq o'qish

Rossiyada harbiy o‘quv mashg‘uloti vaqtida xavfli hodisa yuz berdi. Statsionar platformaga o‘rnatilgan YakB-12.7 vertolyot pulemyoti bilan o‘q uzish mashqi paytida qurol kutilmaganda nazoratdan chiqib, boshqa tomonga burilib ketdi.
Shundan so‘ng, mashg‘ulot darhol to‘xtatilib, harbiylar xavfsiz hududga olib chiqilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu video qurol xavfsizligi borasidagi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News