
- 35
- 04.03.2026 11:09:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda “tirik kitob” nomi bilan tanilgan ko‘chada kitob sotuvchi Xayrulla Asadov noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Sud hujjatlariga ko‘ra, 2025-yil 23-sentabr kuni o‘tkazilgan tekshiruvda u 20 ming so‘mlik savdo uchun xarid cheki bermagani, tushumni onlayn nazorat-kassa mashinasiga kiritmagani va davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritgani aniqlangan.
2026-yil 6-yanvardagi sud qarori bilan unga BHMning 5 baravari — 2 mln 60 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi. Shuningdek, umumiy qiymati 1 mln 520 ming so‘mlik 100 dona kitob musodara qilindi.
Toshkent shahar sudlari kitob ma’naviyat vositasi bo‘lsa-da, savdoda u tovar hisoblanishi va sotuvchi qonuniy tartiblarga rioya qilishi shart ekanini ta’kidladi.