• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Uyda lavash tayyorlaymiz😍

Uyda lavash tayyorlaymiz😍
  • 1
  • 12.05.2026 11:42:00

Uyda lavash tayyorlaymiz😍

Masalliqlar:
250 gr mol go‘shti qiymasi
yarimta piyoz
1 osh qoshiq qatiq
1 osh qoshiq sut
1 choy qoshiq tuz, qora murch, achchiq qalampir va tog‘rayhon
2 dona lavash xamiri

Tayyorlanishi:
Birinchi donarni tayyorlash uchun yarimta piyozni qirg‘ichdan chiqarib, suvini yaxshilab siqib oling. 250 gr qiymaga piyoz suvi, qatiq, sut, tuz, qora murch, achchiq qalampir va tog‘rayhon qo‘shib, yaxshilab aralashtiring. So‘ng, qiymani 2 qismga bo‘lib, pergament qog‘oz ustiga qo‘ying. Ustini yana qog‘oz bilan yopib, ikki qog‘oz orasida o‘qlov bilan yupqa qilib yoying. Qiyma yoyilgach, ustki qog‘ozni olib tashlang. Qiymali pergament qog‘ozni 4 bo‘lakka bo‘lng. Keyin, tova tagiga biroz sariyog‘ surtib, donarlarni qog‘oz tomonini tepada qoldirib, pishiring. Donar pishgach biroz kichrayadi va qog‘ozdan oson ajraladi. Qog‘ozni olib tashlab, 1 osh qoshiq sariyog‘da barcha donarlarni yaxshilab qovuring. So‘ng, lavash xamiriga pomidorli sous surtib, ustiga go‘sht, kartoshka fri va ko‘mirda pishirilgan bulg‘or qalampir qo‘ying. Oxirida, lavashlarni o‘rab, tovaga ikki tomoni qizarguncha pishiring. Lavashlarimiz tayyor!

Yoqimli ishtaha😋
 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News