
- 3
- 07.10.2023 07:45:00
“Lag‘mon”
Bugun lag‘monxo‘rlar uchun ajoyib retsept taqdim etishga qaror qildik. Demak mazasi og‘izda qoluvchi, vitaminga boy 🍜cho‘zma “Lag‘mon” tayyorlaymiz. Lag‘monni bu usulda tayyorlash ham oson, ham qulay hisoblanadi. O‘ylaymizki “Lazzat dunyosi” jamoasi taqdim etgan retsept siz va oila a’zolaringizga xush yoqadi.
Masalliqlar:
🌶2 ta qizil bulg‘or qalampiri;
🫑2 ta yashil bulg‘or qalampiri;
2 ta sariq bulg‘or qalampiri;
1ta oq turp;
🧅3 ta piyoz;
🧄4 dona sarimsoq;
🥬koreys karam;
🥦2 bog‘ selderey;
🥩700 gr mol go‘shti;
🧂tuz;
🥫tomat pastasi;
zira;
soya.
Xamir uchun:
🍚Un 700 gr;
🧂tuzli suv.
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Ishimizni o‘rtacha yumshoqlikda xamir qorib olishdan boshlaymiz.
🍜Xamirimiz tingunga qadar lag‘mon sho‘rvasini tayyorlab olamiz.
🥙Dastlab barcha masaliqlarni katta-katta qilib to‘g‘rab olamiz.
🫕Qizib turgan yog‘da avval go‘shtni yaxshilab qovuramiz.
So‘ngra piyoz va sarimsoq va soyani solib qovurishda davom etamiz.
Piyoz yaxshilab qovurilgach tomat pastasi va sabzavotlarni birin-ketin solib, yaxshilab qovurib olamiz.
🍶Masalliqlar bir xilda qovurilgach zira, tuz, suv solib o‘rta olovda qaynatamiz.
Sho‘rva pishgunga qadar xamirni cho‘zib olamiz.
Xamirni kesib yog‘lab videodagi kabi cho‘zamiz.
Tayyor bo‘lgan xamirni, tuzli qaynab turgan suvda pishirib olamiz.
Pishgan xamirni yog‘lab ustiga qaynoq sho‘rva suzamiz.
🍽Cho‘zma lag‘monni ko‘k piyoz va “ogonyok” bilan dasturxonga tortsangiz ayni muddao bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha😋
📩Izohlarda “Lazzat dunyosi” retseptlari asosida tayyorlagan taom va shirinliklaringizni yozib qoldiring.