Qirg‘iziston milliy valutasini ilk bor o‘z hududida chop eta boshladi

Qirg‘iziston milliy valutasini ilk bor o‘z hududida chop eta boshladi
  • 0
  • 28.03.2026 13:39:00
  • 1 daq o'qish

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat tarixida ilk bor milliy valuta — so‘mni mustaqil ravishda ishlab chiqarish boshlanganini e’lon qildi. Qayd etilishicha, avvallari Qirg‘iziston milliy valutasini chop etish uchun xorijiy davlatlarga buyurtma berishga va bu uchun katta mablag‘ to‘lashga majbur bo‘lgan.

Hozirda, mamlakat bir nechta davlatlardan valuta va turli rasmiy hujjatlarni chop etish bo‘yicha buyurtmalar qabul qilmoqda. Qirg‘iziston prezidenti mahsulot himoyasi eng yuqori darajada ekanini va uni qalbakilashtirishning iloji yo‘qligini ta’kidladi. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning narxi raqobatbardosh va hamyonbopligini saqlab qolmoqda. Bu qadam davlatning moliyaviy suverenitetini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News