Kuvayt xalqaro aeroporti hujumga uchradi, parvozlar vaqtincha to‘xtatildi

Kuvayt xalqaro aeroporti hujumga uchradi, parvozlar vaqtincha to‘xtatildi
  • 0
  • 03.06.2026 16:53:00
  • 1 daq o'qish

Kuvayt xalqaro aeroporti hujumga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchi terminal qismi zarar ko‘rgan, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan va bir nechta odam jarohat olgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda aeroport hududidan olingan tasvirlar ham tarqalgan. Rasmiylar xavfsizlik sababli barcha reyslarni vaqtincha to‘xtatgan va parvozlar keyingi xabarnomagacha bekor qilingan.

 

Eron o‘tgan hafta AQSHning Kuvaytdagi aviabazasiga ballistik raketa bilan hujum qilgan, oqibatda bir nechta amerikalik harbiy yengil jarohat olgan.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News