
- 1
- 10.08.2023 10:35:00
“Kuksi”
Issiq kunlarda muzdekkina taomlar retseptlarini taqdim etishda davom etamiz😍 Muzdekkina “Kuksi” retseptini “Lazzat dunyosi” dan kutib oling.
🥡Masalliqlar:
Mol go‘shti 300-400gr;
4 ta tuxum;
Tuz;
Sarimsoq;
Karam;
Shivit;
Pomidor;
Bodring;
Soya;
Uksus 10%;
Kuksi xamiri;
1litr suv;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Xamirni sovuq tuzli suvga 1 soatga solib qo‘yamiz.
Mol go‘shtini somoncha shaklida to‘g‘rab 2 osh qoshiq soya solib, 30 daqiqa marinovka qilib qo‘yamiz.
Tuxumlarni chaqib, pas olovda tovada, pishirib olamiz.
Tovaga yog‘ solib, go‘shtni qovurib yarim piyola suv solib, 20 daqiqa past olovda dimlab pishirib olamiz.
Karamli salat uchun: karamni somoncha shaklida to‘g‘rab shivit, sarimsoq, tuz, 1 choy qoshiq soya, 6-7 tomchi 10% uksus solib aralashtiramiz.
Bodring, pomidor, qovurilgan tuxumni somoncha shaklida to‘g‘rab tayyorlab olamiz.
Sousini tayyorlash uchun: 1litr suvga 1 osh qoshiq tuz, 1,5 osh qoshiq soya, 1 choy qoshiq 10% uksus solib aralashtiramiz.
🍲Barcha mahsulotlarni idishga ketma ketlikda terib, ustidan tayyorlab olgan, sousli suvni solamiz.
Yoqimli ishtaha😋